YangiTelegram do‘kon va sayt endi bitta panelda

Kassa, ombor va onlayn do‘kon — bitta tizimda

Internetsiz ishlaydigan kassa, soddadan murakkabgacha ombor, sayt va Telegram do‘kon. Kassada sotilgan tovar saytda ham shu zahoti kamayadi.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Internet uzilsa ham ishlaydi
  • O‘zbek tilida
openstore paneli — Hisobotlar ekrani: tushum, foyda va filiallar kesimi
Do‘kon sayti telefonda — openstore vitrinasi
Yangi buyurtma B-2045hozir
2 601 000 so‘m · Telegram

Bir bosishda ulanadi

  • Payme
  • Click
  • Uzum
  • Telegram
  • Meta
  • Google
  • Onlayn kassa

Nega openstore

Ko‘p do‘kon bugun to‘rt joyda ishlaydi: kassa dasturi, Excel’dagi ombor, Telegram guruhdagi buyurtmalar va daftardagi nasiya. openstore ularni bitta tizimga yig‘adi — sodda ko‘rinadi, lekin hamma muammoni yechadi.

Batafsil
  • 14 kun
    Bepul sinov
  • 0 so‘m
    Payme va Click’ni ulash
  • 10 daqiqa
    Ro‘yxatdan birinchi chekkacha
  • 24/7
    Kassa internetsiz ham ishlaydi
Imkoniyatlar

Do‘koningizga kerak bo‘lgan hamma narsa

Kassadan Telegram botgacha — bitta panel, bitta ombor, bitta hisobot.

Internetsiz ishlaydigan kassa

Internet uzilsa ham chek urasiz. Aloqa tiklanganda cheklar o‘zi yuboriladi.

Ombor soddadan murakkabgacha

Bitta do‘konda oddiy qoldiq. Filial ochsangiz — ko‘chirish, inventarizatsiya va hujjatlar o‘zi paydo bo‘ladi.

Sayt va Telegram do‘kon — o‘zi tayyor

Har do‘konga Google’da topiladigan sayt va Telegram mini app. Mahsulot, narx va qoldiq kassadan olinadi — qo‘lda yangilash shart emas.

  • do‘kon.openstore.uz yoki o‘z domeningiz
  • Buyurtma panelga va Telegram’ga tushadi
  • Promokod, kuryer va filialdan olib ketish

Hisobotlar bir qarashda

Tushum, foyda, eng ko‘p va sekin sotilganlar, kassirlar, qarzlar. Har raqam o‘z harakatiga olib boradi.

Bir bosishda ulanadi

Payme, Click, Uzum, onlayn kassa, Meta Pixel — kalitni kiritasiz, tamom.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda savdoni boshlang

Dasturchi ham, o‘rnatuvchi ham kerak emas — brauzer va telefon yetarli.

  1. Ro‘yxatdan o‘ting

    Do‘kon nomi
    Texno Plaza
    texnoplaza.openstore.uz
    Do‘kon tayyor

    Telefon raqam va do‘kon nomi. Filial va kassa avtomatik yaratiladi.

  2. Mahsulotlarni kiriting

    Excel import248 ta mahsulot
    mahsulotlar.xlsx · 248 / 248
    Yuklandi

    Excel’dan yuklang yoki shtrix-kodni skanerlang. Narx, qoldiq va variantlar bir joyda.

  3. Soting

    KassaSaytTelegram
    Ombor
    Sinxron

    Kassada, saytda va Telegram’da bir vaqtda. Qoldiq hammasida bir xil.

Afzalliklar

Nega aynan openstore?

Sodda ko‘rinadi, lekin o‘sib borayotgan do‘konning hamma muammosini yechadi.

AI sotuvchi

Telegram’da mijoz savoliga javob beradi, mahsulotni topadi va buyurtma ochadi.

Nasiya daftari

Kim qancha qarz, qachon to‘lashi kerak — eslatma o‘zi boradi.

Ko‘p filial

Har filialning qoldig‘i, kassasi va hisoboti alohida, lekin bitta panelda.

Reklama natijasi

Qaysi Meta reklama qancha savdo olib keldi — UTM va Pixel orqali ko‘rasiz.

Google’da topiladi

Har mahsulot sahifasi SEO’ga tayyor: sarlavha, narx, mavjudlik, sitemap.

Onlayn kassa (fiskal)

Kerak bo‘lsa qo‘shimcha xizmat sifatida ulanadi. Kerak bo‘lmasa — to‘lamaysiz.

Kimlar uchun

Har xil do‘kon — bitta tizim

Elektronikadan oziq-ovqatgacha: kassa va sayt shabloni sohangizga moslashadi.

Elektronika

Xotira va rang variantlari, shtrix-kod, saytda xususiyatlar jadvali.

Namuna do‘kon

Kiyim va poyabzal

O‘lcham va rang bo‘yicha qoldiq, tez qaytarish.

Namuna do‘kon

Oziq-ovqat

Kilogramm va dona, tezkor qidiruv, kun oxirida bitta hisobot.

Namuna do‘kon

Kosmetika

Ko‘p variantli mahsulotlar, doimiy mijozlar va nasiya.

Namuna do‘kon

Maishiy texnika

Qimmat tovarlar, nasiya va kuryer orqali yetkazish.

Namuna do‘kon
Narxlar

Filiallar soniga qarab to‘laysiz

Hamma tarifda kassa, ombor, sayt va Telegram do‘kon bor. Payme va Click’ni ulash bepul.

1 do‘kon

199 000so‘m / oy
  • Kassa (internetsiz ham)
  • Ombor: kirim, qoldiq, inventarizatsiya
  • Sayt va Telegram do‘kon
  • Hisobotlar
  • 5 tagacha xodim
Bepul boshlash

3 filial

Ko‘p tanlanadi
499 000so‘m / oy
  • 1 do‘kondagi hammasi
  • 3 filial, har birida kassa
  • Filiallar orasida ko‘chirish
  • Filial kesimida hisobot
  • Rollar va ruxsatlar
  • 15 tagacha xodim
Bepul boshlash

Tarmoq

799 000so‘m / oy
  • 5 filial narxga kiritilgan
  • Har qo‘shimcha filial +99 000 so‘m
  • Cheksiz xodim
  • Hamma filial bitta hisobotda
Bog‘lanish

Qo‘shimcha xizmatlar: onlayn kassa (fiskal) — har kassaga, AI sotuvchi, SMS xabarlar. 14 kun bepul, karta talab qilinmaydi.

Maqolalar

Do‘kon egalari uchun foydali

Ombor, kassa va onlayn savdo bo‘yicha amaliy maslahatlar.

Ombor
5 daqiqa

Inventarizatsiyani bir kunda qanday o‘tkazish mumkin

Telegram
4 daqiqa

Telegram do‘kon ochish: 5 qadam

Moliya
6 daqiqa

Nasiya savdosini nazoratda ushlashning 4 usuli

Do‘koningizni bugun onlaynga olib chiqing

14 kun bepul. Karta talab qilinmaydi. Mahsulotlaringizni Excel’dan ko‘chirib olasiz.

Bepul boshlash
Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topa olmasangiz — Telegram’da yozing.

Ha. Kassa cheklarni qurilmaning o‘zida saqlaydi va internet qaytganda o‘zi yuboradi. Qoldiq ham avtomatik to‘g‘rilanadi.

Ha, qo‘shimcha xizmat sifatida har kassaga ulanadi. Kerak bo‘lmasa — to‘lamaysiz.

Bepul. Kalitni panelga kiritasiz va to‘lovlar saytda hamda Telegram do‘konda ishlaydi.

Brauzeri bor har qanday kompyuter, planshet yoki telefonda.

Yo‘q. Mahsulotlarni Excel’dan yuklaysiz — narx, qoldiq va variantlar bilan.

Tarifga qarab: 1 do‘kon, 3 filial yoki Tarmoq (5 filial narxga kiritilgan). Tarmoqda har qo‘shimcha filial +99 000 so‘m.

Yo‘q. Telegram do‘kon hamma tarifga kiritilgan.

AI sotuvchi qo‘shimcha xizmat sifatida ulanadi: oylik belgilangan narx, adolatli foydalanish chegarasi bilan. Kerak bo‘lmasa — to‘lamaysiz.

Har do‘konning ma’lumoti bazada alohida ajratilgan, boshqa do‘kon uni ko‘ra olmaydi. Parollar va to‘lov kalitlari shifrlab saqlanadi.

Tarifni tanlaysiz va davom etasiz. Ma’lumotlaringiz saqlanib qoladi.